Rossiya qit’alararo ballistik raketani muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazdi

Bunday amaliyotdan ko‘zlangan maqsad qit’alararo ballistik raketalar uchun istiqbolli jangovar texnikani sinovdan o‘tkazish bo‘lgan.

1974239
Rossiya qit’alararo ballistik raketani muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazdi

 

Rossiya qit’alararo ballistik raketani muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazdi.

Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi ma'lum qildi.

Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, Astraxan viloyatidagi Kapustin Yar poligonidan uchirilgan quruqlikdagi qit’alararo ballistik raketaning o‘quv kallagi Qozog‘istondagi Sari-Shagan poligonidagi soxta nishonga teggan.

Bunday amaliyotdan ko‘zlangan maqsad qit’alararo ballistik raketalar uchun istiqbolli jangovar texnikani sinovdan o‘tkazish bo‘lgan. Vazirlik bayonotida aytilishicha, sinovlar yangi strategik raketa tizimlarini yaratishda foydalanilgan sxema va texnik yechimlarning to‘g‘riligini tasdiqlash imkonini bergan.

Ma’lumot uchun, Rossiya bu turdagi raketalarni sinovdan o‘tkazayotgan yagona davlat emas. 2022 yil 7 sentyabrda Amerika Qo‘shma Shtatlari ham Minuteman III qattiq yoqilg‘i qit’alararo ballistik raketani muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazgan.

Joriy yilning 16 mart kuni esa Shimoliy Koreya ham navbatdagi shunday raketani sinab ko‘rgandi.


Tanlangan kalimalar: #Rossiya

Aloqador xabarlar