Yamanda qizamiq va poliomielit bilan kasallanish holati kuchaymoqda

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Yamanda qizamiq va poliomielit bilan kasallanish holatlari kengayib borayotganidan ogohlantirdi.

1961964
Yamanda qizamiq va poliomielit bilan kasallanish holati kuchaymoqda

 

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Yamanda qizamiq va poliomielit bilan kasallanish holatlari kengayib borayotganidan ogohlantirdi.

Bu haqda JSSTning Twitter sahifasida ma'lum qilindi.

"Yamanda qizamiq va poliomielit kasalliklari tarqaldi”,-deyiladi ma'lumotda.

Unda qizamiqqa chalingan bolalarning 80 foizdan ko'prog'ining emlanmaganligi ta'kidlanib, Yamanda emlashning muhim ehtiyoj ekanligi ta'kidlandi.

Yaman hukumati yaqinda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bolalar jamg'armasi (UNICEF) va Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti bilan hamkorlikda 12 viloyatda poliomielitga qarshi emlash kampaniyasini boshlagan edi.

2021-yildan beri Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan Husiylar nazoratidagi hududlarda poliomielit kasalligining 227 ta holati aniqlanganidan keyin hukumat chora ko‘rdi.

Mamlakatda poliomielit bilan kasallanish holatlari asosan Sana, Zemar, Hudeyde, Sada, Ibb, Hajj, Al-Beyda va Amranda to'plangan.

Yaman Sog'liqni saqlash vazirligi 2020 yil mart oyida qilgan bayonotida, mamlakatda poliomiyelit bilan kasallanish holatlari 2005 yilda yakunlanganini e'lon qildi, ammo Husiylar tibbiy guruhlarning hududlarga yetib borishiga to'sqinlik qilgani sababli Haj va Sada shaharlarida kasallik kuchaygan.


Tanlangan kalimalar: #Yaman

Aloqador xabarlar