Zelenskiy Rossiya qo'shinlari Kramatorsk shahriga hujum qilganini aytdi

Otilgan raketalardan biri shahar markaziga kelib tushganini aytgan Zelenskiy: “6 nafar ko’p qavatli bino zarar ko’rdi. 1 kishi halok bo’ldi, kamida 3 kishi jarohatlandi”,-dedi.

1959646
Zelenskiy Rossiya qo'shinlari Kramatorsk shahriga hujum qilganini aytdi

 

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya qo’shinlari tomonidan mamlakatning Kramatorsk shahriga raketa otilganini va hujumda bir nafar tinch aholi vakili halok bo’lganini ma’lum qildi.

Zelenskiy bu haqda ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntida xabar berdi.

Otilgan raketalardan biri shahar markaziga kelib tushganini aytgan Zelenskiy: “6 nafar ko’p qavatli bino zarar ko’rdi. 1 kishi halok bo’ldi, kamida 3 kishi jarohatlandi”,-dedi.

“Tajovuzkor davlat tinch aholiga qarshi jang qilishda davom etmoqda. Ularning hayotini o’ldirmoqda va ularga oid hech narsa qoldirmayabdi. Begunoh insonlarning joniga qast qilgan har bir zarba haqqoniy va odil jazo bilan natijalanishi kerak. Bu mutlaqo amalga oshishi kerak”,-deydi u.

2022 yil 24 fevral kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukrainani ishg’ol qilish to’g’risida buyruq bergandi. Bu shaklda Rossiya-Ukraina urushi boshlangandi.

Putin Kiyevning NATOga aʼzo boʻlishiga yoʻl qoʻymaslik va uni Rossiya taʼsir doirasida saqlab qolish uchun mamlakatni demilitarizatsiya qilish va natsistlardan tozalashni maqsad qilganini aytgandi.

 


Tanlangan kalimalar: #Vladimir Zelenskiy , #Ukraina

Aloqador xabarlar