Meksikada minglab inson ayollar o‘limiga qarshi namoyishga chiqdi

Meksika, Lotin Amerikasi davlatlari orasida ayollar o‘limining eng yuqori ko‘rsatkichiga ega.

1956916
Meksikada minglab inson ayollar o‘limiga qarshi namoyishga chiqdi

Meksikada “8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni” munosabati bilan yig‘ilgan minglab inson, ayollar o‘limiga qarshi namoyishga chiqdi.

Poytaxt Mexiko shahrida Milliy saroy joylashgan maydonda to‘plangan olomon guruhlar bilan xavfsizlik kuchlari o‘rtasida vaqti-vaqti bilan muammo kelib chiqdi.

Bir guruhning hukumat saroyining derazalariga o‘t qo‘yishi ortidan harakatga o‘tgan politsiya xodimi, ularga ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz orqali monelik qilishga urindi.

Voqea joyiga borgan o‘t o‘chiruvchilar yong‘inni o‘chirishdi, jabrlanganlar yo‘q.

Mamlakatning turli shaharlarida yurish qilgan guruhlar, ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka norozilik bildirib, ayollar huquqlarini himoya qilishga chaqirdi.

Meksika, Lotin Amerikasi davlatlari orasida ayollar o‘limining eng yuqori ko‘rsatkichiga ega.

 



Aloqador xabarlar