Braziliyadagi tabiiy ofat 35 kishining umriga zomin bo‘ldi

Braziliyadagi sel va tuproq ko‘chkisi kabi tabiiy ofat 35 kishining umriga zomin bo‘ldi.

1948858
Braziliyadagi tabiiy ofat 35 kishining umriga zomin bo‘ldi

Braziliyaning San-Paulu shtatida og‘ir yog‘ingarchilik yo‘l ochgan sel va tuproq ko‘chkisi oqibatida 35 kishi halok bo‘ldi.

Mavzu haqida shtat rasmiylari tomonidan berilgan bayonotda, tabiiy ofatda kamida 35 kishi halok bo‘lgan. Ulardan biri, 7 yoshli bir yosh bola bo‘lgan.

Qidiruv-qutqaruv guruhlari mintaqadagi faoliyatlarini davom ettirar ekan, bekitilgan yo‘llar ham qayta ochilmoqda.

Og‘ir yog‘ingarchilik yo‘l ochgan tuproq ko‘chkisi yuzasidan San - Sebastyan, Ubatuba, Ilhabela va Bertiogada Rio karnavali doirasida o‘tkaziladigan bayram tadbirlari bekor qilindi.

San-Sebastyanda ko‘pchilikning bedarak yo‘qolgani va 50 dan ortiq uyning ham yiqilganini bildirgan shahar meri Felipe Augusto:

“Qutqaruv guruhlarimiz bir necha hududga bora olmayapti. Bu juda murakkab vaziyat”, - deya gapirdi.



Aloqador xabarlar