AQSh va Isroil Eron Inqilobiy Gvardiyasini “terrorchi tashkilot” deb e’lon qilmoqchi

Isroil tashqi ishlar vaziri Elie Koen va AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken Eron Inqilobiy Gvardiyasini “terrorchi tashkilot” deb e’lon qilish masalasini muhokama qildi.

1940056
AQSh va Isroil Eron Inqilobiy Gvardiyasini “terrorchi tashkilot” deb e’lon qilmoqchi

 

Isroil tashqi ishlar vaziri Elie Koen va AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken Eron Inqilobiy Gvardiyasini “terrorchi tashkilot” deb e’lon qilish masalasini muhokama qildi.

Bu haqda Isroil tashqi ishlar vazirligi yozma bayonot berdi.

Elie Koen Quddusdagi Tashqi ishlar vazirligi binosida amerikalik hamkasbi Entoni Blinken bilan uchrashdi.

Uchrashuvda yetakchilar Eron tahdidiga qarshi amal qilinadigan umumiy chora sifatida Eron Inqilobiy Gvardiyasini “terrorchi tashkilot” deb e’lon qilish, Ibrohim kelishuvlarini boshqa davlatlarni ham o‘z ichiga oladigan shaklda kengaytirish, AQShning Isroil bilan diplomatik aloqalari bo'lmagan mamlakatlarga yordami va Isroil havo yo'llarining Ummon ustidan parvoz qilish imkoniyatini tartibga solish masalalarini muhokama qildi.

AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken Yaqin Sharq safarining birinchi bekati bo'lgan Misrdagi uchrashuvlarini yakunlab Isroilga yo'l olgandi va G'arbiy Quddusda Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu bilan uchrashgandi.

Blinkenning G‘arbiy Sohildagi Ramallah shahrida Falastin Davlat rahbari Mahmud Abbos bilan uchrashishi kutilmoqda.

Falastin ma'muriyati mintaqaga tashrif buyurgan AQSh Davlat kotibidan mintaqadagi keskinlikni butunlay to'xtatish uchun Isroil hukumatidan bosim mexanizmi kutayotganligini bildirdi.

 


Tanlangan kalimalar: #Isroil , #AQSh , #Entoni Blinken

Aloqador xabarlar