Turkiya, Shvetsiya va Finlyandiya o'rtasidagi muzokaralar keyinga qoldirildi

Diplomatik manbalardan olingan ma'lumotlarga ko'ra, fevral oyida Belgiya poytaxti Bryusselda o'tkazilishi rejalangan uch tomonlama mexanizm yig'ilishi ortga surildi.

1937537
Turkiya, Shvetsiya va Finlyandiya o'rtasidagi muzokaralar keyinga qoldirildi

 

Turkiya, Shvetsiya va Finlyandiya o'rtasida fevral oyida o'tkazilishi rejalangan uch tomonlama mexanizm yig'ilishi keyinga qoldirildi.

Diplomatik manbalardan olingan ma'lumotlarga ko'ra, fevral oyida Belgiya poytaxti Bryusselda o'tkazilishi rejalangan uch tomonlama mexanizm yig'ilishi ortga surildi.

Shvetsiyada terror tashkiloti PKK tarafdorlari Prezident Rajab Tayyip Erdo'g'anga nisbatan provokatsion harakatlarni amalga oshirdi, 21 yanvar kuni poytaxt Stokgolmdagi Turkiya elchixonasi oldida Qur'onni yoqish harakati sodir etildi.

Anqara ushbu jirkanch harakatlarga keskin munosabat bildirgan va Tashqi ishlar vazirligi Shvetsiyadan harakatlarning aybdorlariga qarshi zarur choralar ko'rishni talab qilgan.

Turkiya 28-iyun kuni Ispaniyaning Madrid shahrida o‘tkazilgan NATO sammitida alyansga a’zolik uchun ariza bergan Finlyandiya va Shvetsiyaga veto qo‘ygandi. Terror tashkilotlarini ochiqdan-ochiq qo’llab-quvvatlagan ikki davlat bilan protokol imzolagan Anqara, berilgan va’dalarning bajarilishini kutmoqda.


Tanlangan kalimalar: #Finlyandiya , #Shvetsiya , #Turkiya

Aloqador xabarlar