Afg‘onistonda TIV binosi yaqinida terakt sodir etildi

Norasmiy manbalarga ko‘ra, esa Tashqi ishlar vazirligi yaqinida kamida 20 kishi halok bo‘lgan.

1931633
Afg‘onistonda TIV binosi yaqinida terakt sodir etildi

 

Kobulda Afg‘oniston Islom Amirligi Tashqi ishlar vazirligi binosi yaqinida Malik Asgar chorrahasida terakt sodir etildi. Qurbonlar va jabrlanganlar bor.

Tolibon ma'muriyatining Kobul politsiya departamenti matbuot kotibi Xolid Zadran ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida Tashqi ishlar vazirligi yaqinida portlash sodir bo'lganini ma'lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, portlash vaqtida Xitoy delegatsiyasi Tolibon tashqi ishlar vazirligi binosida bo‘lgan. Mazkur terakt DEAShning Pekinga qarshi qaratilgan navbatdagi harakati deb gumonlanmoqda.

Matbuot kotibi hujumda kamida 20 kishi halok bo'lganini, ko'p odamlar yaralanganini, voqea joyiga xavfsizlik kuchlari yuborilganini bildirdi.

Tolibon kuchlari vazirlikka olib boradigan ko'chalarni transport harakati uchun yopib qo'ydi va atrofda keng qamrovli xavfsizlik choralarini ko'rdi.

Mahalliy nashrlar ketma-ket 3 ta portlash sodir bo‘lgani va Vazir Akbar Xon kasalxonasiga 3 nafar halok bo‘lgan va 2 nafar yarador yetkazilgani to‘g‘risida yozdi.

Norasmiy manbalarga ko‘ra, esa Tashqi ishlar vazirligi yaqinida kamida 20 kishi halok bo‘lgan.

 


Tanlangan kalimalar: #Afg'oniston

Aloqador xabarlar