Zelenskiy bugun AQShga tashrif uyushtirmoqda

AQSh Prezidenti Jo Bayden Ukrainani har doim qo‘llab-quvvatlashini ta’kidlash maqsadida Prezidenti Zelenskiyni poytaxt Vashingtonga taklif qilgan.

1921678
Zelenskiy bugun AQShga tashrif uyushtirmoqda

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bugun Amerika Qo‘shma Shtatlariga (AQSh) tashrif uyushtirmoqda.

Oq uy Matbuot xizmati kotibi Karine Jean – Pierrening qayd etishicha, AQSh Prezidenti Jo Bayden Ukrainani har doim qo‘llab-quvvatlashini ta’kidlash maqsadida Prezident Zelenskiyni poytaxt Vashingtonga taklif qilgan.

“Prezident Bayden Prezident Zelenskiyni bugun, 21-dekabr kuni Oq uyda kutib olishni intiqlik bilan kutmoqda”. – degan ifodalarga o‘rin bergan Jean-Pierre, Zelenskiyning Kongress a’zolariga xitob etishini bildirdi.

Zelenskiy esa ijtimoiy tarmoqdagi hisobi orqali mavzu haqida bergan bayonotida,

“Ukraina kuchi va mudofaa qobiliyatini mustahkamlash uchun AQShga ketyapman. Prezident Bayden bilan, xususan, Ukraina va AQSh o‘rtasidagi hamkorlikni muhokama qilamiz. Kongressda nutq soʻzlab, bir qator o‘zaro uchrashuvlar oʻtkazaman”, - dedi.



Aloqador xabarlar