Rossiya Ukrainaga dron bilan hujum qildi

Poytaxt meri Vitaliy Klichkoning aytishicha, Kiyevning Shevchenkovs tumanida portlash ovozlari eshitilgan.

1918626
Rossiya Ukrainaga dron bilan hujum qildi

 

Ukraina poytaxti Kiyev meri Vitaliy Klichko bugun, 14 dekabr kuni soat 6:00 atrofida Ukrainaning uchta viloyatida 10 ta uchuvchisiz uchish apparati (PUA) urib tushirilganini ma’lum qildi.

Bu haqda Klichko o‘zining Telegram’dagi sahifasida ma’lum qildi.

Poytaxt meri Vitaliy Klichkoning aytishicha, Kiyevning Shevchenkovs tumanida portlash ovozlari eshitilgan. 

“Poytaxtning Shevchenkovs tumanida portlashlar sodir bo‘ldi. Xizmatlar joyiga yetib boradi",  deydi u. 

Keyinchalik Klichko ertalab soat 7:25 ga kelib ruslar tomonidan foydalanilgan Eron kamikadze-dronlarining katta qismi allaqachon urib tushirilganini qo‘shimcha qildi. 

“Kiyev viloyatida va havo hujumiga qarshi mudofaa markazi ustidan allaqachon 10 ta “Shahed” dronlari urib tushirilgan”, deydi u. 

 


Tanlangan kalimalar: #Ukraina

Aloqador xabarlar