Iroqning Kerkuk shahridan Anqaraga yo'lovchi reysi yo'lga qo'yildi

Kerkuk aeroporti matbuot kotibi Herdi Samed, Iroq havo yo'llari Kerkuk xalqaro aeroportidan kecha mahalliy vaqt bilan soat 17.00da ilk parvozini amalga oshirganligini bildirdi.

1915121
Iroqning Kerkuk shahridan Anqaraga yo'lovchi reysi yo'lga qo'yildi

 

Iroqning Kerkuk shahridan poytaxt Anqaraga birinchi to'g'ridan-to'g'ri reys amalga oshirildi.

Kerkuk aeroporti matbuot kotibi Herdi Samed, Iroq havo yo'llari Kerkuk xalqaro aeroportidan kecha mahalliy vaqt bilan soat 17.00da ilk parvozini amalga oshirganligini bildirdi.

Uning so'zlariga ko'ra, Kerkuk bilan Anqara o'rtasida haftada bir marta reys amalga oshiriladi. Kelgusi haftalarda parvozlar soni ko'payishi kutilmoqda.

Ilgari Iroqda harbiy baza sifatida foydalanilgan Kerkuk aeroporti 20 oktyabrdan boshlab ichki va xalqaro reyslar uchun xizmat bera boshladi.

 


Tanlangan kalimalar: #Anqara , #Iroq

Aloqador xabarlar