Burkina-Fasoda sodir etilgan terakt oqibatida 6 kishi halok bo‘ldi

Mahalliy OAV xabarlariga ko‘ra, noma’lum qurolli terrorchilar Gana va Togo bilan chegaradosh Bittu shahrining Bulgou tumanidagi petank klubiga bostirib kirishgan.

1915112
Burkina-Fasoda sodir etilgan terakt oqibatida 6 kishi halok bo‘ldi

 

Burkina-Fasoda Gana va Togo chegarasi yaqinida sodir etilgan terakt oqibatida 6 kishi halok bo‘ldi.

Mahalliy OAV xabarlariga ko‘ra, noma’lum qurolli terrorchilar Gana va Togo bilan chegaradosh Bittu shahrining Bulgou tumanidagi petank klubiga bostirib kirishgan.

Hujumchilar tomonidan ochilgan otishma natijasida 4 nafari o’qituvchi bo’lgan 6 nafar tinch aholi vakili hayotdan ko’z yumdi.

Qo‘shni davlat Malidagi Al-Qoida va DEAShga aloqador terrorchilik guruhlari 2015 yildan beri Burkina-Faso shimoli va sharqida tez-tez hujumlar uyushtirib keladi.

Hukumat maʼlumotlariga koʻra, 2015 yildan 2021 yil dekabrigacha boʻlgan hujumlarda 2000 kishi halok boʻlgan, ulardan 600 nafari xavfsizlik kuchlari edi.


Tanlangan kalimalar: #Burkina-Faso

Aloqador xabarlar