Ukraina: "Don yo‘lagi kelishuvi 120 kunga uzaytiriladi".

Ukrainaning qayd etishicha, 22-iyul kuni kuchga kirgan "Don yo‘lagi kelishuvi" yana 120 kunga uzaytiriladi.

1907486
Ukraina: "Don yo‘lagi kelishuvi 120 kunga uzaytiriladi".

Ukraina infratuzilma vazirligining qayd etishicha, 19-noyabrda o‘z kuchini yo‘qatuvchi “Don yo‘lagi kelishuvi” yana 4 oyga uzaytiriladi.

“Don yo‘lagi kelishuvi”, joriy yilning 22-iyuli kuni Rossiya bilan Ukraina o‘rtasida Türkiye va Birlashgan Millatlar Tashkiloti vositachiligida imzolandi.

O‘z kuchini 19-noyabrda yo‘qotuvchi kelishuv bo‘yicha muzokaralar davom etayotgan edi.

Ukraina infratuzilma vaziri Oleksandr Kubrakov, Qora dengiz don koridori kelishuvining 120 kunga uzaytirilishini bildirdi.

Britaniyaning “Reuters” axborot agentligi xabariga ko‘ra, ukrainalik vazir ushbu vaziyatni, “global oziq-ovqat inqiroziga qarshi kurashda muhim qadam” deb ta’riflagandi.

Ammo ukrainalik vazir, bu borada boshqa ma’lumot bermadi.

Rossiya ham kecha don yo‘lagi kelishuvi borasida bir qancha yutuqlarga erishilganini e’lon qilgandi.


Tanlangan kalimalar: #Ukraina , #Rossiya , #Don yo‘lagi kelishuvi

Aloqador xabarlar