G7 va NATO Rossiyaning Ukrainaga uyushtirgan raketa hujumini qoraladi

G7 yetakchilari va NATO nomidan qilingan bayonotda, “Biz Rossiyaning seshanba kuni Ukraina shaharlari va fuqarolik infratuzilmasiga sodir etilgan vahshiyona raketa hujumlarini qoralaymiz”,- deyildi.

1907086
G7 va NATO Rossiyaning Ukrainaga uyushtirgan raketa hujumini qoraladi

 

G7 davlatlari va NATO Rossiyaning Ukraina shaharlariga uyushtirgan raketa hujumlarini qoraladi.

Amerika Qoʻshma Shtatlari, Britaniya, Kanada, Fransiya, Germaniya, Italiya, Yaponiya, Niderlandiya, Ispaniya, Yevropa Ittifoqi komissiyasi raisi Ursula fon der Leyen va Yevropa kengashi raisi Sharl Mishel Indoneziyaning Bali shahridagi G20 sammiti doirasida uchrashdi.

Uchrashuv yakunida G7 yetakchilari va NATO nomidan qilingan bayonotda, “Biz Rossiyaning seshanba kuni Ukraina shaharlari va fuqarolik infratuzilmasiga sodir etilgan vahshiyona raketa hujumlarini qoralaymiz”,- deyildi.

Yetakchilar Polshaning Ukraina bilan chegarasi yaqinida sodir bo'lgan portlashni ham muhokama qildi.

Ular Polshaga mavzu bo'yicha tergovda yordam taklif qilganligini, Polsha bilan yaqin aloqalar davom etayotganini bildirdilar.

Bayonotda Polshadagi portlashda hayotdan ko'z yumgan ikki kishining yaqinlariga ta'ziya maktubi ham o'rin olgan.


Tanlangan kalimalar: #NATO , #G7

Aloqador xabarlar