Eronda gipertovushli ballistik raketa ishlab chiqarildi

Gipertovushli raketalar tovush tezligidan kamida 5 baravar yuqori tezlikda harakatlana oladi va murakkab trayektoriyalar bo‘ylab yo‘nalish olish mumkin. Bu esa ularni urib tushirishni qiyinlashtiradi.

1904854
Eronda gipertovushli ballistik raketa ishlab chiqarildi

 

Eron Islom Respublikasi gipertovushli ballistik raketa yaratgan.

Endilikda bu Eronning raketa salohiyati borasidagi xavotirlarni kuchaytirishi mumkin. Bu haqda mamlakatdagi rasmiy nashrlarga tayanib, “IRNA” agentligi yozmoqda.

Eron Inqilob gvardiyasining aerokosmik qo‘mondoni Amir Ali Hojizodaning so‘zlariga ko‘ra, Eron yaratgan qurol raketalar sohasida katta sakrashni amalga oshirgan.

“Ushbu raketa yuqori tezlikka ega va atmosfera ichida va undan tashqarida ham manyovr qila oladi. U dushmanning ilg‘or raketaga qarshi tizimlarini nishonga oladi. Bu raketalar sohasida katta sakrashdir”, degan qo‘mondon Amir Ali Hojizoda. 

Gipertovushli raketalar tovush tezligidan kamida 5 baravar yuqori tezlikda harakatlana oladi va murakkab trayektoriyalar bo‘ylab yo‘nalish olish mumkin. Bu esa ularni urib tushirishni qiyinlashtiradi.


Tanlangan kalimalar: #Eron

Aloqador xabarlar