Rossiya Maliga 100 million dollarlik o‘g‘it va don yetkazib beradi

Moliya Iqtisodiyot va Moliya Vaziri Alousseini Sanou, Rossiya tomonidan yuborilgan 60 ming tonna uglevodorod, 35 ming tonna o'g'it va 25 ming tonna bug'doyning bir necha hafta ichida mamlakatga yetib borishini bildirdi.

1901843
Rossiya Maliga 100 million dollarlik o‘g‘it va don yetkazib beradi

 

Rossiya Maliga 100 million dollarlik uglevodorodlar, o‘g‘itlar va don yetkazib beradi.

Moliya Iqtisodiyot va Moliya Vaziri Alousseini Sanou, Rossiya tomonidan yuborilgan 60 ming tonna uglevodorod, 35 ming tonna o'g'it va 25 ming tonna bug'doyning bir necha hafta ichida mamlakatga yetib borishini bildirdi.

Uning ta'kidlashicha, yuk Gvineya poytaxti Konaki porti orqali Maliga yetkaziladi.

Sanou 27-oktyabr kuni katta delegatsiya bilan Rossiyaga borib, qator uchrashuvlar o‘tkazdi.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Mali prezidenti Assimi Goita avgust oyida Moskvada uchrashib, hamkorlikni rivojlantirishga kelishib olgandi.

Uchrashuvdan keyin Rossiya tomoni Maliga yonilgʻi, gʻalla va oʻgʻit bilan bir qatorda harbiy texnika bo'yicha ham yordam berishini maʼlum qilgandi.

Oktyabr oyida Putin Mali prezidenti Goita bilan telefon orqali suhbatda Maliga terrorizmga qarshi kurashda yordam berishlarini aytgandi.

2021-yil may oyida polkovnik Assimi Goita hokimiyatni egallab olganidan so‘ng, Rossiya va Mali o‘rtasida, ayniqsa, harbiy sohada yaqinlashish boshlandi.


Tanlangan kalimalar: #Mali , #Rossiya

Aloqador xabarlar