Putin:"Turkiyada katta tabiiy gaz markazi qurishim mumkin"

Vladimir Putin poytaxt Moskvada o'tkazilgan Rossiya energiya haftaligi anjumanida so'zlagan nutqida Yevropadagi tabiiy gaz inqiroziga yechim sifatida Turkiyaga ishora qildi.

1891942
Putin:"Turkiyada katta tabiiy gaz markazi qurishim mumkin"

 

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Yevropaga gaz yetkazib berish uchun Turkiyada katta tabiiy gaz markazi qurish mumkinligini aytdi.

Vladimir Putin poytaxt Moskvada o'tkazilgan Rossiya energiya haftaligi anjumanida so'zlagan nutqida Yevropadagi tabiiy gaz inqiroziga yechim sifatida Turkiyaga ishora qildi.

Turkiyada Yevropa uchun katta tabiiy gaz markazi qura olishini ifoda etgan Putin, "Neft bozorlariga hech qanday intervensiya, zaxiralardan foydalanmaslik energetika muammosini hal qila olmaydi. Rossiya Yevropaga energiya yetkazib berishga tayyor, jumladan qishda ham. To‘p ularning maydonida", - dedi.

Rossiya rahbari shuningdek, oʻtgan haftalarda “Shimoliy oqim” neft quvurlariga qilingan sabotaj harakatini “xalqaro terrorizm”, deb atadi.

Uning fikricha, “Shimoliy oqim” sabotaji ortida Rossiya va Yevropa oʻrtasidagi munosabatlarni uzmoqchi boʻlganlar turibdi.


Tanlangan kalimalar: #Vladimir Putin , #Rossiya

Aloqador xabarlar