Zelenskiy Rossiyani Kiyevda tinch aholiga qarshi terakt sodir qilganlikda aybladi

“Davlat darajasidagi terrorizm butun xalqaro hamjamiyatga tahdid soladigan eng jirkanch xalqaro jinoyatlardan biridir”,-dedi Vladimir Zelenskiy navbatdagi videomurojaatida.

1890620
Zelenskiy Rossiyani Kiyevda tinch aholiga qarshi terakt sodir qilganlikda aybladi

 

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiyani Ukrainada tinch aholiga qarshi teraktlar sodir qilganlikda aybladi.

“Davlat darajasidagi terrorizm butun xalqaro hamjamiyatga tahdid soladigan eng jirkanch xalqaro jinoyatlardan biridir”,-dedi Vladimir Zelenskiy.

U navbatdagi videomurojaatida Kiyevdagi portlashlarga munosabat bildirdi.

Davlat rahbari Rossiyani Ukrainadagi tinch aholiga nisbatan raketa hujumlarini sodir etganlikda aybladi.

Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya ochiqchasiga muzokaralar olib borishdan bosh tortmoqda, tinch aholini qo‘rqitmoqda.

“Tinch aholiga qarshi doimiy terror Rossiyaning real muzokaralarni yaqqol rad etishidir. Terrorizm jazolanishi kerak bo‘lgan jinoyatdir. Davlat darajasidagi terrorizm nafaqat dunyoda kimgadir, balki butun xalqaro hamjamiyatga tahdid soladigan eng jirkanch xalqaro jinoyatlardan biridir”, deydi Ukraina prezidenti.

Zelenskiyning taʼkidlashicha, Rossiya qoʻshinlari tomonidan 3 oktyabrdan beri Zaporojyega uyushtirilgan raketa hujumlari natijasida 43 kishi halok boʻlgan.

"Ukrainaning Xarkov, Donbas va boshqa shaharlariga ham hujumlar uyushtirildi. Hujumlar Eronda ishlab chiqarilgan uchuvchisiz uchish apparatlari yordamida amalga oshirildi",- dedi u.

Rossiya kuchlari Ukrainadagi tinch aholi va fuqarolik infratuzilmalarini nishonga olganini bildirgan Zelenskiy, "Tinch aholiga qarshi sodir etilgan terrakt Rossiyaning haqiqiy muzokaralarni qat'iyan rad etishi demakdir",-dedi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, agar Kreml rostdan ham muzokaralar yo‘liga kirishni xohlasa, bunday zarbalarni uyushtirmas edi.

 


Tanlangan kalimalar: #Kiyev , #Ukraina , #Vladimir Zelenskiy

Aloqador xabarlar