Vladimir Putin Qrim ko‘prigidagi portlashni terakt deb baholadi

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Sankt-Peterburgda Rossiya Tergov qo'mitasi raisi Aleksandr Bastrikin bilan uchrashdi.

1890479
Vladimir Putin Qrim ko‘prigidagi portlashni terakt deb baholadi

 

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Qrim ko‘prigidagi portlash Ukraina razvedkasi tomonidan amalga oshirilganini aytdi.
Vladimir Putin Sankt-Peterburgda Rossiya Tergov qo'mitasi raisi Aleksandr Bastrikin bilan uchrashdi.

Putin Rossiya va noqonuniy ravishda anneksiya qilingan Qrim oʻrtasidagi koʻprikda bir kun oldin sodir boʻlgan portlash haqida "Bu Rossiya Federatsiyasining o'ta muhim fuqarolik infratuzilmasini yo'q qilishga qaratilgan teraktdir. Buni o'ylagan, amalga oshirgan va buyurtma bergan Ukraina razvedka xizmatidir",-dedi.

Rossiya Tergov qo‘mitasi raisi Bastrikinning ta'kidlashicha, portlash yuzasidan terrakt shubhasi bilan jinoiy ish qo'zg'atilganini ma'lum qildi.

“Bu o‘rinda hech qanday shubha yo‘q. Bu Rossiyaning o‘ta muhim fuqarolik infratuzilmasini yo‘q qilishga qaratilgan terakt”, deya ta’kidlagan u.

U shuningdek, ba'zi rus va chet el fuqarolari Ukraina razvedkasiga portlashni amalga oshirishda yordam berganini aytdi.

Eslatma: Rossiya va 2014-yilda noqonuniy ravishda qoʻshib olingan Qrim oʻrtasida joylashgan Kerch koʻprigida 8 oktyabr kuni yuk mashinasida sodir boʻlgan portlash oqibatida 3 kishi halok boʻldi.

Ukraina prezidenti devoni maslahatchisi Mixail Podolyak portlashga munosabat bildirar ekan, "bu hali boshlanishi" ekanligini aytdi.

2018 yilda Putin tomonidan rasman ochilgan ko‘prik Rossiya uchun strategik ahamiyatga ega, chunki u Qrim bilan avtomagistral aloqasini ta’minlaydi.


Tanlangan kalimalar: #Qrim , #Vladimir Putin , #Rossiya

Aloqador xabarlar