Putin amerikalik Edvard Snoudenni Rossiya fuqaroligiga qabul qildi
Putin 10 yildan oshiq vaqt mobaynida Rossiyada yashab kelayotgan amerikalik Edvard Snoudenni fuqarollikka qabul qilish to‘g‘risidagi farmonini imzoladi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin AQSh Milliy xavfsizlik agentligi (MXA) sobiq xodimi Edvard Snoudenga Rossiya fuqaroligini berdi.
Putin 10 yildan oshiq vaqt mobaynida Rossiyada yashab kelayotgan amerikalik Edvard Snoudenni fuqarollikka qabul qilish to‘g‘risidagi farmonini imzoladi.
2013-yilda oshkor qilingan hujjatlar orqali Amerika Qo‘shma Shtatlari Britaniya razvedkasi bilan dunyo bo‘ylab tinglash faoliyatini olib borayotganini oshkor qilgan Snouden o‘shandan beri doimiy yashash ruxsati bilan Rossiyada yashab kelayotgandi.
Snouden oshkor qilgan hujjatlar NSA xorijiy hukumat binolarini tinglagani va xorijdagi missiyalarda AQSh tomonidan tashkil etilgan maxfiy boʻlinmalar orqali yozuvlar yuritganini koʻrsatdi.
AQShda unga josuslik va davlat mulkini o‘g‘irlash bo‘yicha sirtdan ayblov e’lon qilingan. Unga maxfiy ma’lumotlarni oshkor qilganlik uchun 30 yillik qamoq jazosi tahdid soladi.
Shu bilan birga, Rossiya prezidenti Kreml saroyi matbuot kotibi Dmitriy Peskov Sputnik muxbiriga bergan intervyusida Snoudenga Rossiya fuqaroligi uning iltimosiga binoan berilganini aytdi.
Peskovning qayd etishicha, Putin Edvard Snouden bilan uchrashishni rejalashtirmagan.
Aloqador xabarlar
Isroil hujumlari yana 33 kishi umriga zomin bo‘ldi
Isroil armiyasi haligacha G‘azo sektoriga qarshi hujum uyushtirmoqda.