Eron Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga to‘laqonli a’zo bo‘ldi

Eron Tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdullohiyon Oʻzbekistonning Samarqand shahrida, Shanhay Hamkorlik Tashkilotiga to‘laqonli a’zolik uchun tashkilot bosh kotibi Chjan Ming bilan anglashuv memorandumi imzoladi.

1880325
Eron Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga to‘laqonli a’zo bo‘ldi

Eron Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga (ShHT) to‘laqonli a’zo bo‘ldi.

Eron Tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdullohiyon oʻzining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali Oʻzbekistonning Samarqand shahrida, Shanhay Hamkorlik Tashkilotiga to‘laqonli a’zolik uchun tashkilot bosh kotibi Chjan Ming bilan anglashuv memorandumi imzolaganliklarini ma’lum qildi.

Shu tariqa ShHTga a’zo davlatlar bilan boʻlgan munosabatlarning yangi bosqichga koʻtarilganini ta’kidlagan Amir Abdullohiyon:

“Bu, energetikadan tortib iqtisod va savdogacha boʻlgan koʻplab sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish uchun muhim voqea hisoblanadi. Bundan buyon hamkorlikning yangi bosqichidamiz”.-degan ifodalarga oʻrin berdi.

Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga Xitoy, Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston vakillarining Xitoyning Shanxay shahrida uchrashib, “Chegara hududlarda harbiy sohadagi ishonchni mustahkamlash to‘g‘risida”gi bitimni imzolash orqali 1996-yili asos solindi.

Unga Oʻzbekiston, Pokiston va Hindistonning ham ishtirok etishi bilan toʻliq aʼzolar soni sakkiztaga chiqdi. 2005-yili ShHTga kuzatuvchi aʼzo sifatida qoʻshilgan Eronning toʻliq aʼzolik jarayoni 2021-yil sentabr oyida boshlagan

Türkiye, Shanxay Hamkorlik Tashkilotining muloqot boʻyicha olti sherigidan biridir.

ShHTning muloqot boʻyicha sheriklari esa Ozarbayjon, Armaniston, Kambodja, Nepal, Türkiye va Shri-Lanka.



Aloqador xabarlar