Yerevanda Pashinyanga qarshi norozilik namoyishlari boshlandi

Armanistonda Ozarbayjon bilan chegara chizig’ida sodir etilgan provokatsiya natijasida insonlarning halok bo’lishi ortidan bosh vazir Nikol Pashinyanning iste'fosini talab qilgan namoyishchilar poytaxt Yerevanda parlament binosi oldida to’planishdi.

1880097

Bu haqda Armanistonning NEWS.am axborot agentligi xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, 44 kun davom etgan Qorabogʻ urushida (2020-yil) halok boʻlganlarning yaqinlari parlament binosi oldiga yigʻilib, Bosh vazir Nikol Pashinyanga qarshi bosh ko'targan.

Namoyishchilar Pashinyanga ishonch votumi berilmasligini talab qilib, hukumat iste’fosini talab qilishmoqda.

Kechki soatlarda parlament oldidagi namoyishchilar soni ortishi bilan politsiya parlamentga olib boradigan ko'chani transport harakati uchun yopib qo'ydi.

Namoyishchilar esa parlament binosi eshiklarini buzib kirishga harakat qilishgan. Nikol Pashinyanga qarshi shiorlar aytib, uni iste’foga chaqirgan namoyishchilar politsiya to‘sig‘ini buzib o‘tishga harakat qilishgan.

Ozarbayjon Mudofaa vazirligi 12-sentyabrga oʻtar kechasi Armaniston armiyasi Ozarbayjon bilan chegaraning Dashkesen, Kelbajar, Lachin va Zangilon yoʻnalishlarida keng koʻlamli provokatsiyalar uyushtirganini maʼlum qildi. Ikki davlat harbiy qismlari oʻrtasida shiddatli toʻqnashuvlar yuz berdi. Ozarbayjon armiyasidan 50 nafar askar halok bo'ldi.

Pashinyan esa, "Joriy ma’lumotlarga ko‘ra, hozirgacha 105 nafar askar halok bo‘lgan”, deb ma'lum qilgandi.

Tanlangan kalimalar: #Nikol Pashinyan , #Armaniston

Aloqador xabarlar