Vyetnamdagi karaoke-barda yuz bergan yong‘inda 12 kishi halok bo‘ldi

Voqea joyiga ko'p sonli o't o'chiruvchilar va tibbiy yordam guruhlari yuborilgan. Ko'p o'tmay, yong'in nazoratga olingan.

1877011
Vyetnamdagi karaoke-barda yuz bergan yong‘inda 12 kishi halok bo‘ldi

 

Vyetnamdagi karaoke-barda yuz bergan yong‘inda 12 kishi halok bo‘ldi, 40 kishi tan jarohati oldi.

Ushbu voqea mamlakatning Bin Duong provinsiyasida yuz bergan.

Voqea joyiga ko'p sonli o't o'chiruvchilar va tibbiy yordam guruhlari yuborilgan. Ko'p o'tmay, yong'in nazoratga olingan. 

Rasmiylar 12 kishining halok bo'lganini, 40 kishining jarohatlanganini ma'lum qildi. Jarohatlanganlardan 11 nafarining ahvoli og‘ir ekani bildirildi.

Voqea yuzasidan surishtiruv ishlari boshlangan.

O'tgan oy Xanoydagi karaoke-bardagi yong'inda 3 nafar o't o'chiruvchi halok bo'lgandi.


Tanlangan kalimalar: #Vyetnam

Aloqador xabarlar