Rossiyada "Vostok-2022" harbiy mashg‘ulotlari boshlandi

Oxota dengizi va Yapon dengizidagi Tinch okean flotining mashg'ulotlarida 50 mingdan ortiq harbiy xizmatchi, shuningdek, 5 mingdan ortiq qurol va harbiy texnika ishtirok etmoqda.

1874583
Rossiyada "Vostok-2022" harbiy mashg‘ulotlari boshlandi

 

Rossiyada “Vostok-2022” strategik qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashg‘ulotlari (SQShM) boshlandi.

Mashg’ulotlarda 50 mingdan ortiq harbiy xizmatchi, shuningdek, 5 mingdan ortiq qurol va harbiy texnika ishtirok etmoqda.

Rossiya Mudofaa vazirligi xabar berishicha, gap Sharqiy harbiy okrugning yetti poligonida, shuningdek, Oxota va Yapon dengizlari suvlari hamda sohilbo‘yi zonalarida “mudofaa va hujumkor harakatlarni ishlab chiqish” haqida ketmoqda. Mashqlarda 140 ta samolyot, 60 ta harbiy kema, qayiq va yordamchi kemalar ishtirok etadi.

Mamlakatning sharqiy mintaqasida tinchlikni saqlash va harbiy xavfsizlikni ta’minlash maqsadlariga yo‘naltirilgan mashg‘ulotlar Rossiya Bosh shtab boshqarmasi rahbarligida o‘tkazilmoqda.

Mashqlarni Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (KXShT), Shanhay hamkorlik tashkiloti (ShHT) va boshqa hamkor davlatlar, jumladan, Ozarbayjon, Belarus, Hindiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Mo‘g‘uliston va Tojikiston ekspertlari kuzatmoqda.

Ayniqsa, Xitoy va Hindistonning ishtiroki G‘arb mamlakatlarning alohida e’tiborini tortmoqda.

Mashg‘ulotlar 7 sentabrga qadar davom etadi.

 


Tanlangan kalimalar: #“Vostok-2022” , #Rossiya

Aloqador xabarlar