Suriyaning Bab tumaniga uyushtirilgan raketa hujumi natijasida 9 kishi halok bo'ldi

Suriyaning shimolida Turk Qurolli Kuchlarining “Furot qalqoni” operatsiyasi bilan terrordan tozalangan Bab tumani markaziga raketa hujumi natijasida 9 nafar tinch fuqaro halok bo’ldi, 15 nafari yaralandi.

1870092

Harbiy muxolifat nazorati ostidagi Bobning  tuman markazi raketalar bilan nishonga olindi.

Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, tinch aholi zich yashaydigan tuman markaziga uyushtirilgan hujumda 9 nafar tinch fuqaro, jumladan bolalar ham hayotdan ko'z yumgan, 15 nafari tan jarohati olgan.

Hujumning manbasiga oid tekshiruvlar davom etmoqda.

Bab tumani markazi 2017-yil fevral oyida “Furot qalqoni” amaliyoti doirasida terror tashkiloti DEASHdan tozalangan edi.

Tanlangan kalimalar: #Qurbonlar , #Hujum , #Bab , #Suriya

Aloqador xabarlar