Sudanda suv toshqinlari oqibatida 75 kishi halok bo'ldi

Qayd etilishicha, sel oqibatida 21 ming 500dan ortiq uy zarar ko'rgan, 6 ming gektar qishloq xo'jalik maydoni suv ostida qolgan.

1869063
Sudanda suv toshqinlari oqibatida 75 kishi halok bo'ldi

 

Sudanda kuchli yomg'ir sabab bo'lgan suv toshqinlari oqibatida hayotdan ko'z yumganlar soni 75 nafarga yetdi.
Mudofaa Kengashi tomonidan berilgan bayonotda, iyun oyidan beri butun mamlakat bo'ylab davom etgan kuchli yomg'irning suv toshqinlariga sabab bo'lgani bildirildi.

Qayd etilishicha, suv toshqinlari oqibatida hayotdan ko'z yumganlar soni 75 nafarga ko'tarilgan, 30 kishi tan jarohati olgan, 21 ming 500dan ortiq uy zarar ko'rgan, 6 ming gektar qishloq xo'jalik maydoni suv ostida qolgan, 117 dan ortiq chorva mollari nobud bo'lgan.

Sudanda har yili iyul-oktyabr oylari orasidagi yog'ingarchilik mavsumida suv toshqinlari yuz beradi. Tabiiy ofat natijasida har yili 100 dan ortiq kishi hayotdan ko'z yumadi, o'n minglab uylar, ish joylari va qishloq xo'jaligi yerlari zarar ko'radi.


Tanlangan kalimalar: #Sudan

Aloqador xabarlar