Vladimir Putin Xitoy Xalq Respublikasiga tashrif buyuradi

Prezident Putin Pekinda Xitoy rahbari Si Szinpin bilan muzokaralar o‘tkazadi va qator hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.

2139554
Vladimir Putin Xitoy Xalq Respublikasiga tashrif buyuradi

 

Rossiya prezidenti Vladimir Putin ilk xorijiy tashrifini 16-17 may kunlari Xitoy Xalq Respublikasiga amalga oshiradi. 

Bildirilishicha, Prezident Putin Pekinda Xitoy rahbari Si Szinpin bilan muzokaralar o‘tkazadi va qator hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.

Uchrashuvda davlat rahbarlari keng qamrovli sheriklik va strategik hamkorlikka oid barcha masalalarni atroflicha muhokama qiladilar. Rossiya-Xitoy amaliy hamkorligini yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari belgilab beriladigan uchrashuvda dolzarb xalqaro va mintaqaviy muammolar yuzasidan ham fikr almashiladi.

Muzokaralar yakuniga koʻra, davlat rahbarlarining qoʻshma bayonoti va ayrim ikki tomonlama hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.

Vladimir Putin va Si Szinpin diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 75 yilligi hamda Rossiya va Xitoy madaniyati yillarining ochilishiga bag‘ishlangan tantanali kechada ishtirok etadi. Tashrif doirasida Rossiya Prezidenti Xitoy Xalq Respublikasi Davlat kengashi Bosh vaziri Li Syan bilan ham uchrashadi.

Yetakchilar uchrashuvda savdo, iqtisodiy va gumanitar sohalardagi ikki tomonlama hamkorlikni muhokama qilishi kutilmoqda.

Putin, shuningdek, Xeylongjiang provinsiyasining maʼmuriy markazi boʻlgan Xarbin shahriga tashrif buyurib, u yerda 8-Rossiya-Xitoy EXPO koʻrgazmasi va 4-Rossiya-Xitoy mintaqalararo hamkorlik forumining ochilish marosimida ishtirok etadi.

Bundan tashqari, Putin Xarbin politexnika universiteti talabalari va o‘qituvchilari bilan uchrashadi.

Xitoy AQSh bilan geosiyosiy raqobat, Osiyo-Tinch okeani mintaqasida keskinlik va qarama-qarshiliklar kuchayib borayotgan bir paytda, Ukraina bilan urushi tufayli shu kabi qiyinchiliklarga duch kelgan Rossiya bilan yaqinlashish siyosatini olib bormoqda.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Xitoy , #Putin

Aloqador xabarlar