NATO Bosh kotibi Stoltenberg Turkiyaga minnatdorlik bildirdi

NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg Turkiyaga g'alla inqirozini hal etishdagi roli uchun minnatdorchilik bildirdi.

1862122
NATO Bosh kotibi Stoltenberg Turkiyaga minnatdorlik bildirdi

 

NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg Turkiyaga g'alla inqirozini hal etishdagi roli uchun minnatdorchilik bildirdi.

Stoltenberg ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida Ukraina donini tashish jarayoni bilan bog'liq bayonot berdi.

Kelishuv doirasida birinchi yuk Odessadan boshlanganini ifoda etgan Stoltenberg,

“Ittifoqdoshimiz Turkiyaga muhim roli uchun minnatdorchilik bildiraman”.  Deya qayd etdi.

Polsha Tashqi ishlar vaziri Zbigniew Rau ham Rossiya, Ukraina va BMT o’rtasida Prezident Rajap Tayyip Erdog’an  rahbarligida  imzolangan don koridori kelishuvi uchun Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavushog’luga tabriklarini yetkazdi.

Tashqi ishlar vazirligidan olingan ma’lumotga ko’ra, Chavusho’g’li Polshalik kasbdoshi Rau bilan telefon orqali muloqot qildi.

Uchrashuvda Rau, Ukrainadan g'alla eksporti bo'yicha erishilgan kelishuv tufayli Chavushog'luga tabriklarini yetkazdi. Uchrashuvda ikki tomonlama munosabatlar va xalqaro platformalardagi hamkorlik ham muhokama qilindi.

Milliy Mudofaa vazirligi bugun ertalab don ortilgan birinchi kemaning Ukrainaning Odesa portidan jo‘nab ketganini ma’lum qildi.

Bayonotda, Odessadan Livanning Tripoli portiga borish uchun jo'xori yuklangan Razoni nomli kemaning ertaga Istanbulda bo'lishi bildirildi.



Aloqador xabarlar