AQShdagi otishma ikki kishining umriga zomin bo‘ldi

Amerika Qo‘shma Shtatlarining Los-Anjeles shahridagi otishma ikki kishining umriga zomin bo‘ldi.

1858990
AQShdagi otishma ikki kishining umriga zomin bo‘ldi

Amerika Qo‘shma Shtatlarining Los-Anjeles shahrida sodir bo‘lgan qurolli otishmada ikki kishi halok bo‘ldi, kamida yetti kishi tan jarohati oldi.

Los-Anjeles o‘t o‘chirish departamenti ma’lumotiga ko‘ra, ushbu hujum Pek-Parkda uyushtirilgan avtomobillar ko‘rgazmasi atrofida sodir bo‘lgan.

Mahalliy vaqt bilan soat 15:50 atrofida sodir bo‘lgan qurolli hujumda ikki kishi hayotdan ko‘z yumar ekan, og‘ir tan jarohati olgan kamida yetti kishi shifoxonaga yuborilgan.


Tanlangan kalimalar: #AQSh , #Los-Anjeles , #qurolli otishma

Aloqador xabarlar