BMT Xavfsizlik Kengashiga 5ta yangi doimiy boʻlmagan aʼzolar saylandi

Yaponiya, Shveysariya, Ekvador, Malta va Mozambik kecha, 9 iyun kuni BMT Bosh Assambleyasi tomonidan Xavfsizlik Kengashining yangi doimiy bo‘lmagan a’zolari etib saylandi.

1840928
BMT Xavfsizlik Kengashiga 5ta yangi doimiy boʻlmagan aʼzolar saylandi

 

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashiga 5 ta yangi doimiy boʻlmagan aʼzolar aniqlandi.

Yaponiya, Shveysariya, Ekvador, Malta va Mozambik kecha, 9 iyun kuni BMT Bosh Assambleyasi tomonidan Xavfsizlik Kengashining yangi doimiy bo‘lmagan a’zolari etib saylandi.

Yaponiya uchun 184 davlat, Shveysariya uchun 187, Ekvador uchun 190, Malta uchun 185, Mozambik uchun 192 davlat ovoz bergan.

Yangi nodoimiy a’zolar 2023-2024 yillar davomida BMT Xavfsizlik Kengashi ishida Irlandiya, Norvegiya, Meksika, Keniya, Hindiston o‘rniga ishtirok etadi. Hozirda Kengashga a’zo bo‘lgan Irlandiya, Norvegiya, Hindiston, Keniya va Meksikaning amal qilish muddati shu yil oxirida tugaydi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashi 15 ta davlatdan iborat bo‘lib, ulardan beshtasi doimiy a’zolar va veto huquqiga ega – Rossiya, Xitoy, AQSH, Buyuk Britaniya va Fransiya hisoblanadi.

O‘n nafar doimiy bo‘lmagan a’zo ikki yillik muddatga saylanadi. Ulardan beshtasi har yili almashtiriladi.

O‘tgan yili BAA, Braziliya, Albaniya, Gabon va Gana saylangandi.

BMT Xavfsizlik Kengashi a’zoligiga saylanish uchun 193 a’zodan iborat BMT Bosh Assambleyasida o’tkaziladigan saylovda umumiy ovozlarning uchdan ikki qismini olish kerak.


Tanlangan kalimalar: #Xavfsizlik Kengashi , #BMT

Aloqador xabarlar