Shvetsiya va Finlyandiya terrorchilarni ekstraditsiya qilmayapti

Shvetsiya va Finlyandiya oxirgi 5 yildan beri Turkiyaning Fetullohchi terror tashkiloti va boʻlginchi terror tashkiloti PKK aʼzolarini ekstraditsiya qilish talablariga befarq boʻlib kelmoqda.

1827628

Adliya vazirligi sud qarorlari doirasida Finlyandiyadan oxirgi 5 yil ichida 6 nafari FETO’, 6 nafari PKK aʼzosi boʻlgan 12 nafar terroristning ekstraditsiya qilinishini talab qildi.

Vazirlik, shuningdek, Shvetsiyadan 10 nafari FEO’, 11 nafari PKK aʼzosi boʻlgan 21 kishining ekstraditsiyasini talab qildi.

Shu tariqa ikki davlatdan ekstraditsiya qilinishi so‘ralgan terrorchilar soni 33 nafarga yetdi.

Biroq NATO a'zoligi kun tartibida bo'lgan bu 2 davlat, Turkiyaning ekstraditsiya talablarining hech biriga hozirgacha ijobiy javob bermagan.

Ikki davlat Turkiyaning 19 nafar terroristni ekstraditsiya qilish talabini rad etgan holda, ulardan 5 nafarini turli sabablar bilan javobsiz qoldirgan.

2 tasi Finlyandiyada va 7 tasi Shvetsiyada boʻlgan 9 ta ekstraditsiya fayli boʻyicha jarayon davom etmoqda.

Tanlangan kalimalar: #Esktraditsiya , #PKK , #Finlandiya , #Shevetsiya

Aloqador xabarlar