Stoltenberg Shvetsiya va Finlyandiyaning NATOga a’zoligiga doir e’tirozga munosabat bildirdi

"Shimoliy Atlantika ittifoqi davlatlari Turkiyaning Shvetsiya va Finlyandiyaning a’zoligiga doir e’tirozlarini bartaraf eta oladi",-NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg.

1827422
Stoltenberg Shvetsiya va Finlyandiyaning NATOga a’zoligiga doir e’tirozga munosabat bildirdi

 

Shimoliy Atlantika ittifoqi davlatlari Turkiyaning Shvetsiya va Finlyandiyaning a’zoligiga doir e’tirozlarini bartaraf eta oladi.

Bu haqda NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg kecha, 15 may kuni Berlinda bo‘lib o‘tgan NATO Tashqi ishlar vazirlarining norasmiy uchrashuvi yakunida ma’lum qildi.

“Rasmiy Anqara aslida niyati a’zolikka to‘sqinlik qilish emasligini aniq aytdi”, degan Stoltenberg.

NATO Bosh kotibi Finlyandiya va Shvetsiya Rossiyaning mavjud harakatlari tufayli alyansga kirishi to‘g‘risida ariza berishdan yakuniy ratifikatsiya qilishgacha bo‘lgan davr haqidagi xavotirini tushunishini bildirdi. 

“Biz bu jarayonni imkon qadar tezlashtirishga harakat qilamiz. NATOga a’zo ko‘plab davlatlar tezlashtirilgan tartibda qaror topishlarini aytishdi”,- deydi Stoltenberg.

NATO Bosh kotibi o‘tish davrida alyansning Shvetsiya va Finlyandiyaga amaliy yordam ko‘rsatishi haqidagi savolga ehtiyotkorlik bilan javob berdi. 

“Biz xavfsizlik kafolatlarini ta’minlash yo‘llarini ko‘rib chiqamiz, jumladan, NATOning Boltiqbo‘yi mintaqasida, Finlandiya, Shvetsiya va uning atrofidagi ishtirokini oshirish orqali”, degan Stoltenberg.

Turkiya tomoni Finlyandiya va Shvetsiyaning Turkiyada taqiqlangan terror tashkilotlariga munosabatini nomaqbul deb hisoblaydi va ularning alyansga kirishiga ijobiy qaramayapti. O‘z navbatida, bu davlatlarning NATOga kirishi faqat barcha amaldagi a’zo davlatlarning bir ovozdan roziligi bilan mumkin.

15 may kuni Finlyandiya va Shvetsiya NATOga a’zo bo‘lishga qaror qilganini bildirdi.

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Finlyandiya , #Shvetsiya , #Turkiya , #NATO

Aloqador xabarlar