Vladimir Putin Isroil bosh vaziri Naftali Bennetdan uzr so'radi

Kecha, 5 may kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Isroil Bosh vaziri Naftali Bannet bilan telefon orqali muloqot qildi. Suhbat davomida Putin Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning yahudiylar haqidagi so‘zlari uchun uzr so‘radi.

1822887
Vladimir Putin Isroil bosh vaziri Naftali Bennetdan uzr so'radi

 

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning "Gitler yahudiy ekani” haqidagi so’zlari sababli, Isroil bosh vaziri Naftali Bennetdan uzr so'radi. 

Isroil prezidenti matbuot xizmati xabar berishicha, kecha, 5 may kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Isroil Bosh vaziri Naftali Bannet bilan telefon orqali muloqot qildi. Suhbat davomida Putin Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning yahudiylar haqidagi so‘zlari uchun uzr so‘radi. 

“Putin va Bennet Rossiya Tashqi ishlar vaziri Lavrovning so‘zlarini ham muhokama qildi. Naftali Bannet Lavrovning so‘zlari uchun Prezident Putinning uzrini qabul qildi va Prezidentning yahudiy xalqi hamda Xolokost xotirasiga munosabatini oydinlashtirgani uchun minnatdorlik bildirdi”, deyiladi xabarda.

Kreml bayonotida qayd etilishicha, muloqot davomida yetakchilar 9 may sanasining Rossiya va Isroil xalqlari uchun alohida ahamiyatini qayd etishgan.

Shuningdek, Vladimir Putin Naftali Bennet va Isroil xalqini 9-May Mustaqillik kuni munosabati bilan tabriklagan. U qolaversa, Isroilda yashayotgan faxriylarga sog‘liq va farovonlik tilaklarini yetkazishni so‘ragan.

Bennet esa “Qizil Armiyaning natsizm ustidan qozonilgan g‘alabadagi hal qiluvchi hissasini e’tirof etgan.

“Rossiya prezidenti Vladimir Putin urush davrida asir lagerlarida fashistlar tomonidan qiynoqqa solingan va qatl etilgan 6 mln yahudiyning 40 foizi Sovet Ittifoqi fuqarosi bo’lganini eslatdi. Qolaversa, Isroilda yashagan urush qatnashchilariga sog’lik-salomatlik va omonlik tiladi”,-deyiladi Kreml bayonotida.

Eslatish joizki, Putinning uzr so‘rashiga sabab bo’lgan so‘zlar Lavrovning Italiyadagi Mediaset telekanaliga bergan intervyusida aytilgandi.

Unda Zelenskiy yahudiy bo‘lgani holda Ukrainani qanday qilib natsizmda ayblash mumkinligi to‘g‘risidagi savolga javoban Lavrov Adolf Hitlerda ham “yahudiy qoni” bo‘lgani va “eng ashaddiy antisemitlar yahudiylar ekanini aytgandi.

Rossiyalik vazirning bayonoti norozilik to‘lqinini keltirib chiqardi. Bunga butun dunyodagi yahudiy tashkilotlari va Isroil hukumati vakillari qattiq e’tiroz bildira boshladi. Ushbu ish yuzasidan Rossiya elchisi Isroil TIVga chaqirtirildi.

 


Tanlangan kalimalar: #Naftali Bennet , #Putin , #Isroil , #Rossiya

Aloqador xabarlar