Mariupol va Azovstaldagi zavodlardan ukrainalik yana 500 kishi qutqarildi

Andrey Yermak, Mariupol va Azovstaldan insonlarni qutqarish uchun murakkab sharoitlarda yana bir evakuatsiya amaliyotini tamomlaganliklarini qayd etdi.

1823134
Mariupol va Azovstaldagi zavodlardan ukrainalik yana 500 kishi qutqarildi

Ukraina prezidenti ofisining rahbari Andrey Yermak Mariupol va Azovstaldagi po‘lat zavodlaridan yana 500 nafar ukrainalikni qutqarganliklarini ma’lum qildi.

Andrey Yermak o‘zining Telegram hisobi orqali bergan bayonotida, Mariupol va Azovstaldan insonlarni qutqarish uchun murakkab sharoitlarda yana bir evakuatsiya amaliyotini tamomlaganliklarini qayd etdi va bu haqida shuningdek:

“Tinch aholidan qariyb 500 kishini qutqara oldik”.-dedi.

Birlashgan Millatlar Tashkilotiga (BMT) hamkorligi uchun minnatdorchilik bildirgan Yermak, Ukrainaning tinch aholi va askarlarini qutqarish uchun evakuatsiya ishlarini davom ettirishini ham o‘z so‘ziga ilova etdi.

Ukraina, Rossiyani Donetsk bilan Lugansk viloyatlarini to‘liq nazorat ostiga olish va bu tuproqlar bilan noqonuniy anneksiya qilib olingan Qrim oʻrtasida quruqlik orqali yoʻlak tashkil etish uchun hujumlarini davom ettirishda aybladi.

Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonligi tomonidan urushning 71-kunida berilgan bayonotda esa, Rossiya kuchlarining Mariupoldagi Azovstal obyektlariga bo‘lgan hujumlarini kuchaytirgani va sharqdagi Popasna, Kreminna, Torske viloyatlarida shiddatli to‘qnashuvlar davom etganini qayd etdi. Ortidan Ukraina armiyasining ham Xarkov va Izyum yo‘nalishiga qarshi hujumga o‘tganini bildirdi.

Rossiya armiyasi tomonidan qamal qilingan Mariupoldagi Azovstalda qarshilik ko‘rsatgan Azov batalyonlari qo‘mondoni o‘rinbosari Svyatoslav Palamar ham rus qo‘shinlarining 3 kun oldin kirib kelgan Azovstalga quruqlik va havo hujumlarini kuchaytirganini, mintaqada og‘ir va shiddatli to‘qnashuvlar davom etganini ifoda etdi.

Palamar, Azovstalda ko‘plab yaradorlar borligiga e’tibor qaratgan holda Davlat rahbari Vladimir Zelenskiy va xalqaro hamjamiyatdan halok bo‘lgan askarlarni dafn etish va yaradorlarni qutqarish bilan shug‘ullanishni so‘radi.

Boshqa tomondan Rossiya Ukrainaga urush e’lon qilganidan beri Rossiya kuchlari bilan 9 marotaba yo‘lga qo‘yilgan asir almashtirish ishlarida ukrainalik 324 kishi qutqarildi.

Ukraina Xavfsizlik xizmati tomonidan berilgan bayonotda, asirlarni almashtiruv ishlarida Davlat rahbari Vladimir Zelenskiy sa'y-harakatlari muhimligi va ukrainaliklarni qutqarish harakatlari davom etayotgani ta'kidladi.

 


Tanlangan kalimalar: #Ukraina , #evakuatsiya , #Rossiya

Aloqador xabarlar