Myanma sobiq bosh vaziri besh yilga ozodlikdan mahrum etildi

Myanma sudi mamlakat sobiq bosh vaziri Aung San Su Chjini korrupsiyada ayblab besh yilga ozodlikdan mahrum qilish to‘g‘risida hukm chiqardi.

1819615
Myanma sobiq bosh vaziri besh yilga ozodlikdan mahrum etildi

 

Myanma sudi mamlakat sobiq bosh vaziri Aung San Su Chjini korrupsiyada ayblab besh yilga ozodlikdan mahrum qilish to‘g‘risida hukm chiqardi.

76 yoshli Nobel mukofoti sovrindoriga nisbatan korrupsiya bo‘yicha o‘ndan ortiq jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bu birinchi hukm bo‘lib, Su Chji har bir ayblov bo‘yicha 15 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.  

Aung San Su siyosatchilarning biridan pora sifatida oltin va 600 ming dollar olgani to‘g‘risidagi ayblovlarni rad etmoqda.  

Aung San Su Chji bir necha oy avval boshqa ayblovlar bo‘yicha olti yilga ozodlikdan mahrum etilgandi. 

O'shanda u shu paytgacha noqonuniy ravishda ratsiya import qilish va saqlash, ommaviy tartibsizliklarni qo'zg'atish va koronavirus (Kovid-19) epidemiyasi cheklovlarini buzishda ayblangandi. 

Taʼkidlanishicha, Aung Su Chi davlat toʻntarishini oʻz zimmasiga olgan harbiy maʼmuriyat tomonidan unga qoʻyilgan barcha ayblovlar boʻyicha aybdor deb topilsa, 175 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.

Eslatma: Myanma armiyasi 2020-yilgi umumxalq saylovlarida soxtalashtirish va mamlakatdagi siyosiy taranglik ayblovlari ortidan 2021-yil 1-fevralda hokimiyatni egallab oldi. Armiya ko‘plab amaldorlar va hukmron partiya yetakchilarini, xususan, mamlakatning amaldagi rahbari va tashqi ishlar vaziri Aung San Su Chjini hibsga olgan va bir yil muddatga favqulodda holat e’lon qilgan edi.

Myanma armiyasining to'ntarishga qarshi namoyishchilar va isyonchi guruhlarga qarshi qurolli aralashuvi natijasida 902 kishi hayotdan ko'z yumdi, minglab namoyishchilar qo'lga olindi.

Siyosiy mahbuslarga yordam tashkiloti (AAPP) maʼlumotlariga koʻra, davlat toʻntarishidan buyon 1400 dan ortiq odam hayotdan koʻz yumgan, 10 mingdan ortiq odam hibsga olingan.


Tanlangan kalimalar: #Myanma , #Aung San Su Chji

Aloqador xabarlar