AQSh va Rossiya o'rtasida mahbuslar almashinuvi bo'lib o'tdi

Konstantin Yaroshenko 2010 yilda AQSh sudi tomonidan 20 yilga ozodlikdan mahrum etilgan, Trevor Rid esa, 2020 yilda Moskvaning Golovinskiy sudi tomonidan to‘qqiz yil umumiy koloniyada jazo o‘tashga hukm qilingandi.

1819494
AQSh va Rossiya o'rtasida mahbuslar almashinuvi bo'lib o'tdi

 

AQSh va Rossiya o'rtasida mahbuslar almashinuvi Turkiyada Anqara bilan hamkorlikda amalga oshirildi.

24-fevraldan beri davom etayotgan Ukraina urushi tufayli Vashington va Moskva o'rtasidagi ziddiyat keskin kuchaygan bir paytda, kecha 27-aprel kuni ikki poytaxt o'rtasida uzoq kutilgan mahbuslar almashinuvi bo'lib o'tdi.

Rossiya 2019-yildan beri mamlakatda qamoqda saqlanayotgan AQSh dengiz piyodalari korpusining sobiq askari Trevor Ridni kokain kontrabandasida ayblanib AQShda qamalgan rossiyalik uchuvchi Konstantin Yaroshenko bilan almashdi.

“Almashuv Turkiyada, prezident Jo Bayden maʼmuriyati rasmiylari va Kreml rasmiylari o’rtasida Erdoʻgʻon hukumati bilan hamkorlikda puxta oʻylangan harakatlar doirasida boʻlib oʻtdi. Rid va Yaroshenko Turkiyaga deyarli bir vaqtda olib kelindi. Har ikki tomonning vakillari boshqa davlat da’vogarining shaxsini tasdiqladi, shundan so‘ng Yaroshenko va Rid uchish-qo‘nish yo‘lagi bo‘ylab samolyotlar tomon yurishdi”,-deb ma’lum qilgan AQSh tomoni vakili.

“Uzoq davom etgan muzokaralar jarayonidan so‘ng 27 aprel kuni ilgari Rossiya Federatsiyasida hukm qilingan Trevor Raudi Ridni Rossiya fuqarosi Konstantin Yaroshenkoga almashuv bo‘lib o‘tdi”, — deyiladi Rossiya tashqi ishlar vazirligi bayonotida.

Konstantin Yaroshenko 2010 yilda AQSh sudi tomonidan yirik partiyadagi kokainni tashishga tayyorlanganlikda ayblanib 20 yilga ozodlikdan mahrum etilgandi. 

U 2010 yil 28 mayda Amerika hukumati so‘rovi bilan Liberiyada qo‘lga olingan va AQShga deportatsiya qilingan. U Venesueladan AQShga kokain olib o‘tishga tayyorgarlik ko‘rganlikda ayblangan. 2011 yil sentabrda sud Yaroshenkoni aybdor deb topgan va 20 yilga ozodlikdan mahrum etgan. Uchuvchining o‘zi aybiga iqror bo‘lmagan.

Yaroshenko 2014 yilda Rossiya prezidenti Vladimir Putinga murojaat qilib, vatanga qaytishda yordam berishini so‘ragandi.

28 yoshli Trevor Rid 2019 yilda Moskvada ikki ayol bilan janjallashayotganida ushlangan. Rid qo‘lga olish vaqtida qarshilik ko‘rsatgan. 2020 yil yozida Moskvaning Golovinskiy sudi uni politsiyaga qarshi zo‘ravonlik qilgani uchun to‘qqiz yillik koloniya jazosiga hukm qilgan. Rid qo‘lga olingan vaqtda mast bo‘lganini aytib, aybini tan olmagan. 



Aloqador xabarlar