Avstraliya Rossiya oligarxlarining 67 vakiliga qarshi sanksiya kiritdi

Sanksiyalar ro‘yxatiga Rossiya hukumati rahbari o‘rinbosari Dmitriy Grigorenko, Iqtisodiy rivojlanish vaziri Maksim Reshetnikov, Rossiya Davlat Dumasi raisi o‘rinbosari Aleksandr Babakov va boshqa bir qator shaxslar kiritilgan.

1809072
Avstraliya Rossiya oligarxlarining 67 vakiliga qarshi sanksiya kiritdi

 

Avstraliya Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirgani munosabati bilan 67 nafar rossiyalikka nisbatan sanksiya joriy qildi.

Bu haqda mamlakat Tashqi ishlar vaziri Maris Peyn ma'lum qildi.

Uning ta'kidlashicha, rossiyalik oligarxlarga qarshi sanksiyalar ro‘yxatiga yana 67 kishi qo‘shilgan.

“Bugun men Putinga yaqin bo‘lgan 67 nafar Rossiya elitasi a’zolari va oligarxlarga qarshi yangi sanksiyalarni e’lon qilaman”, -deydi Peyn.

Qayd etilishicha, sanksiyalar ro‘yxatiga Rossiya Federatsiyasi hukumati rahbari o‘rinbosari – hukumat apparati rahbari Dmitriy Grigorenko, Iqtisodiy rivojlanish vaziri Maksim Reshetnikov, Rossiya Davlat Dumasi raisi o‘rinbosari Aleksandr Babakov va boshqa bir qator shaxslar kiritilgan. 

Bundan tashqari, ro‘yxatga Rossiya Federatsiyasining Ukrainadagi gumanitar yordam ko‘rsatish bo‘yicha idoralararo muvofiqlashtirish shtab-kvartirasi rahbari, Milliy mudofaa nazorati markazi rahbari, general-polkovnik Mixail Mizinsev qo‘shilgan. Cheklovlar, shuningdek Melitopol meri vazifasini bajaruvchi Galina Danilchenko va Oliy Radaning muxolifat platformasi – "Hayot uchun" deputati Oleg Voloshinga ham tegishli.

"Ushbu sanksiyalar bilan biz Rossiya tomonidan Bucha va Kiyev atrofida sodir etilgan harbiy jinoyatlarga oid dalillar fosh etilishini kuzatib boramiz va Avstraliya bu vahshiylikni imkon qadar qattiq qoralaydi”,-dedi Tashqi ishlar vaziri Maris Peyn.

Eslatish joizki, Rossiya va Ukraina oʻrtasida urush boshlangan 24-fevraldan beri Avstraliya 600 ga yaqin odamga, birinchi navbatda Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenkoning oila aʼzolariga, har ikki davlatning yuqori lavozimli mansabdor shaxslariga va rossiyalik oligarxlarga nisbatan sanksiyalar joriy qilgan.

Avstraliya TIV rahbariga ko‘ra, gap moliyaviy sanksiyalar hamda  yuqoridagi shaxslarning mamlakatga kirishini taqiqlash haqida ketmoqda.


Tanlangan kalimalar: #Rossiya , #Avstraliya

Aloqador xabarlar