Somalining poytaxti Mogadishuda Birlashgan Millatlar Tashkiloti qarorgohida terakt uyushtirildi

Somali Milliy Televideniyesi (SNTV) xabariga ko'ra, BMT idoralari bilan birga Yevropa Ittifoqi va Afrika Ittifoqi idoralari joylashgan Halane kampusining kirish joylaridan biriga hujum uyushtirildi.

1800614
Somalining poytaxti Mogadishuda Birlashgan Millatlar Tashkiloti qarorgohida terakt uyushtirildi

Somalining poytaxti Mogadishuda Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) qarorgohida terakt uyushtirildi.

Somali Milliy Televideniyesi (SNTV) xabariga ko'ra, BMT idoralari bilan birga Yevropa Ittifoqi va Afrika Ittifoqi idoralari joylashgan Halane kampusining kirish joylaridan biriga hujum uyushtirildi.

Xabarda, xavfsizlik kuchlarining yuqori darajadagi himoyada bo'lgan kampusga hujum qilganlarga javob berganligi bildirildi.

Politsiya hozircha hujumga izoh bermadi.

Milliy matbuotda chop etilgan tasvirlarda hujum sodir bo'lgan hududdan tutun ko'tarilayotgani ko'rindi.

Terror tashkiloti Al-Shabab o'tgan yili kampusga minomyotdan hujum uyushtirgan edi.

 

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Al-Shabab , #Hujum , #Mogadishu , #Somali

Aloqador xabarlar