Vladimir Zelenskiy AQSH Kongressiga murojaat qiladi

AQSH Kongressi Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosi va Senatdagi Demokratik ko‘pchilik yetakchisi Chak Shumer bu haqda Kongress a’zolariga maktub yo‘llagan.

1795366
Vladimir Zelenskiy AQSH Kongressiga murojaat qiladi

 

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy joriy yilning 16-mart kuni AQSH Kongressi a’zolariga videokonferensiya orqali murojaat qiladi.

Bu haqda Nensi Pelosi va Chak Shumer bayonotida so‘z boradi. 

AQSH Kongressi Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosi va Senatdagi Demokratik ko‘pchilik yetakchisi Chak Shumer Kongress a’zolariga maktub yo‘llagan. 

“Ukraina prezidenti 16-mart kuni soat 09:00da Vakillar palatasi va Senat a’zolariga murojaat qiladi”, deyiladi maktubda. 

Yig‘ilishga AQSH qonun chiqaruvchi organining har ikki palatasining barcha a’zolari taklif etilgan

Pelosi va Shumerga ko‘ra, AQSH Ukraina xalqini qo‘llab-quvvatlashda davom etadi. 


Tanlangan kalimalar: #Ukraina , #Vladimir Zelenskiy

Aloqador xabarlar