Ukraina urush yo‘lini tanlamadi, balki tinchlik yo‘liga qaytishni taklif qilmoqda

Bu haqda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Ukraina xalqiga telemurojaatida aytib o‘tdi.

1784958
Ukraina urush yo‘lini tanlamadi, balki tinchlik yo‘liga qaytishni taklif qilmoqda

 

Ukraina urush yoʻlini tanlamadi, balki tinchlik yoʻliga qaytishni taklif qilmoqda.

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bu haqda xalqqa telemurojaatida ma'lum qildi.

Zelenskiyning ta'kidlashicha, bugungi kunda eshitilayotgan tovushlar shunchaki bomba emas, balki Rossiyani madaniy dunyodan ajratib turuvchi yangi temir pardaning tushishidir.

Ukraina armiyasi Donbasda kuchli, Xarkovda esa qiyin ahvolda ekanini tilga olgan Zelenskiy, eng og'ir sharoit janubiy mintaqadagi Xersonda kechayotganini bildirdi.

Zelenskiyning ta'kidlashicha, shimolda "dushman" Chernigov viloyatidan asta-sekin oldinga siljimoqda.

"Afsuski, qurbonlarimiz bor. Bir qancha rus askarlarini asirga oldik. Bizning shifokorlarimiz taslim bo‘lganlarga yordam berishmoqda",- dedi Ukraina prezidenti.

"Ukraina urush yoʻlini tanlamadi, balki tinchlik yoʻliga qaytishni taklif qilmoqda”, - deya ta'kidlagan Zelenskiy jahon yetakchilariga bugun o‘zlariga yordam bermasalar, ertaga urush ularning eshigini qoqishini eslatib o'tdi.

Ukraina prezidenti Twitter’dagi bayonotida “Rossiya bosqinchi kuchlari” Chernobil AESni egallashga urinayotgani va bu butun Yevropa uchun urush e’lon qilish ekanligini bildirdi.

Zelenskiyning taʼkidlashicha, 1986-yildagi fojia boshqa takrorlanmasligi uchun elektr stansiyasi qoʻriqchilari oʻz jonlarini fido qilganlar.

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya mamlakat hududiga bostirib kirganidan keyin OAV uchun brifingda chiqish qilgandi.

"Harbiylarimiz keskin olishuvlarda ishtirok etishmoqda, armiyamiz yetarlicha kuchli. Dushmanga keskin qarshilik ko‘rsatyapmiz, ular jiddiy yo‘qotishlarga uchradi. Ukrainaga sharqdan, shimoldan, janubdan va havodan hujum qilishmoqda. Biz allaqachon vatanni himoya qilish qo‘lidan keladiganlarga qurol beryapmiz. Imkoni borlardan kasalxonaga borib qon topshirishini so‘raymiz. Tadbirkorlar ukrainaliklar foydasiga ishlashi kerak. Qo‘liga qurol olib, vatanni himoya qiluvchi fuqarolarga qarshi Xavfsizlik va mudofaa kengashi tomonidan kiritilgan sanksiyalar bekor qilinadi. Bugundan boshlab Ukraina va Rossiya tarixning boshqa-boshqa tomonlarida. Rossiya davlati zulm yo‘lidan bormoqda, ammo ko‘p narsa rus xalqiga bog‘liq. Rossiya bilan diplomatik aloqalarimiz uzildi. Rossiyadagi vijdonini yo‘qotmagan odamlarning har biri namoyishga chiqib, Ukrainaga qarshi urushga qarshilik qilishi vaqti keldi. Rossiya pastkashlarcha tong sahardan hujum qildi. Xuddi ikkinchi jahon urushida fashist Germaniyasi kabi",- deb aytgan Zelenskiy.

U ukrainaliklardan Rossiyadagi qarindoshlari, jamoatchilik vakillari bo‘lgan tanishlariga vaziyat aslida qanday ekanini aytib berishni so‘radi.


Tanlangan kalimalar: #Rossiya , #Vladimir Zelenskiy , #Ukraina

Aloqador xabarlar