Ukraina: Rossiya tomonidan sodir etilgan hujumlarda 8 kishi halok bo'ldi

Ukraina Ichki Ishlar Vazirligi bayonotida qayd etilishicha, Rossiya harbiylarining tajovuskor hujumlari oqibatida 8 kishi halok bo'lgan, 9 kishining tan jarohati olgan.

1784223
Ukraina: Rossiya tomonidan sodir etilgan hujumlarda 8 kishi halok bo'ldi

 

Ukraina Rossiya tomonidan sodir etilgan hujumlarda 8 kishi halok bo'lganini ma'lum qildi.

Bu haqda Ukraina Ichki Ishlar Vazirligi bayonotida qayd etilgan.

Bayonotda qayd etilishicha, Rossiya harbiylarining tajovuskor hujumlari oqibatida 8 kishi halok bo'lgan, 9 kishining tan jarohati olgan.

Bundan tashqari, Ukraina qurolli kuchlari, Lugansk viloyatida Rossiyaga tegishli 5 ta harbiy samolyot va bir vertolyot urib tushirilganini ma'lum qildi.

Rossiya Mudofaa vazirligi tomonidan berilgan yozma bayonotga ko'ra, Ukrainaning Rossiya samolyotini urib tushirgani haqidagi iddao rad etildi.

Vazirlik Ukrainadagi havo mudofaa tizimlari, harbiy aeroportlar va havo kuchlari “yuqori darajali qurollar” bilan yo'q qilinganligini ma’lum qildi.

Rossiya Mudofaa vazirligi tomonidan berilgan bayonotda, Ukraina sharqidagi Donbasda maxsus harbiy amaliyotlar mamlakatdagi tinch aholiga tahdid solmagani iddao qilindi.

“Ukrainadagi harbiy infratuzilmalar, havo mudofaa tizimlari, harbiy aeroportlar va havo kuchlari yuqori aniqlikdagi qurollar bilan zararsizlantirildi”,-deyiladi bayonotda.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukraina sharqidagi Donbas viloyatida maxsus harbiy operatsiya boshlatilganligini ma’lum qildi.


Tanlangan kalimalar: #Rossiya , #Ukraina

Aloqador xabarlar