Putin Ukrainadan Qrim anneksiyasini tan olishini soʻradi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukrainadan oʻzaro muammolarni hal qilish uchun NATOga aʼzo boʻlish oʻrniga,  betaraflik  maqomni qabul qilishni va Qrimning anneksiya qilinishini tan olishni soʻradi.

1783554

Putin jurnalistlar bilan suhbatda,

2014-yilda imzolangan Minsk kelishuviga  Ukraina  amal qilmagani sababli bekor bo’lganini iddao qilgan Rossiya yetakchisi, G’arb davlatlari  ham  bu jarayonda faol rol o’ynay olmasligiga urg’u berdi.

"Shuning uchun Donetsk Xalq Respublikasi va Lugansk Xalq Respublikasini tan olishdan boshqa ilojimiz yo’q. Ha, Minsk kelishuvi endi mavjud emas. Biz bu respublikalarni tan olamiz", - dedi u. Vladimir Putin Ukrainaning NATO a'zoligi haqida esa,

“Gʻarb mamlakatlaridagi hamkasblarimiz oʻz yuzlarini yoʻqotmasliklari uchun bu muammoning eng yaxshi yechimi Kiyevning amaldagi ma’muriyati NATOdagi ishtirokidan voz kechishi va betaraflikka amal qilishi boʻladi”, dedi u.

“Ukraina munosabatlarni normallashtirish uchun Qrim va Sevastopolda yashovchi aholining Rossiyaga qoʻshilish qarorini tan olishi kerak”, - dedi u.

Tanlangan kalimalar: #Yechim , #muammolar , #Ukraina , #Vladimir Putin , #Rossiya

Aloqador xabarlar