Jo Bayden 31 yanvar kuni Oq uyda Qatar Amiri Al Sani bilan uchrashadi

Uchrashuvda AQSH-Qatar o'rtasidagi ikki tomonlama munosabatlar muhokama qilinadi. Shuningdek, mintaqaviy mavzular bo'yicha fikr almashiladi.

1768451
Jo Bayden 31 yanvar kuni Oq uyda Qatar Amiri Al Sani bilan uchrashadi

 

Amerika Qo'shma Shtatlari Prezidenti Jo Bayden Oq uyda Qatar Amiri Shayx Tamim bin Hamad Al Sani bilan uchrashadi.

Uchrashuvda AQSH-Qatar o'rtasidagi ikki tomonlama munosabatlar muhokama qilinadi. Shuningdek, mintaqaviy mavzular bo'yicha fikr almashiladi.

Oq uy matbuot kotibi Jen Psaki yozma bayonotida, Jo Bayden Qatar Amiri Al Sanini 31 yanvar kuni Oq uyda kutib olishini ma'lum qildi.

Bayden va Al Sani ikki tomonlama va mintaqaviy mavzularni muhokama qilishini bildirgan Psaki, ular orasida AQSh va Qatar o'rtasidagi investitsiyaviy hamkorlik, Fors ko'rfazi va Yaqin Sharq xavfsizligi va farovonligini oshirish, global energiya manbalarining barqarorligini ta'minlash, Afg'oniston xalqini qo'llab-quvvatlash kabi mavzular o'rin olgan.

“Bayden Al Saniga AQSh fuqarolari, aholisi va afgʻon hamkorlarimizning Afgʻonistondan xavfsiz tranzitini taʼminlash borasidagi saʼy-harakatlari uchun minnatdorchilik bildiradi”,- dedi Jen Psaki yozma bayonotida.


Tanlangan kalimalar: #Qatar , #Jo Bayden , #AQSh

Aloqador xabarlar