Tolibon qo'shni davlatlar va xalqaro hamjamiyat bilan munosabat o‘rnatish tarafdori

Afg‘oniston ustidan nazorat o‘rnatgan “Tolibon” harakati tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Emirxon Muttaki o‘z mamlakatining buyuk davlatlarning to‘qnashuv hududiga aylanishiga yo‘l qo‘ymasliklarini bildirdi.

1760606
Tolibon qo'shni davlatlar va xalqaro hamjamiyat bilan munosabat o‘rnatish tarafdori

 

Afg‘oniston ustidan nazorat o‘rnatgan “Tolibon” harakati tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Emirxon Muttaki o‘z mamlakatining buyuk davlatlarning to‘qnashuv hududiga aylanishiga yo‘l qo‘ymasliklarini va barcha qo'shnilari va xalqaro hamjamiyat bilan o‘zaro hurmatga asoslangan munosabatlarni o‘rnatishni istaganlarini  bildirdi.

Emirxon Muttaki Amerika Qoʻshma Shtatlari (AQSh) poytaxti Vashingtonda Afgʻoniston tashkilotlari va Amerika Zakat Jamgʻarmasi hamkorligida tashkil etilgan “Afgʻoniston uchun tinchlik va gumanitar yordam konferensiyasi”ga videokonferensiya orqali bogʻlandi.

AQSh va Tolibon o'rtasida 2020 yil fevral oyida imzolangan kelishuv xorijiy kuchlarning o'z mamlakatidan olib chiqib ketilishiga yo'l ochgan muhim burilish  bir nuqtasi ekanligini tushuntirgan Muttaki

"Afg'onistonga mas'uliyatli tomon sifatida dunyoda barqarorlik, iqtisodiy o'sish va yaxshi kelajakni yaratishda ijobiy rol o'ynash imkoniyatini berish vaqti keldi". dedi.

Afg'onistonning avgust oyida juda kritik bir davrni boshidan o'tkazganiga diqqat qaratgan Muttaki, AQSh qo'shinlarini olib chiqib ketish va Tolibonning mamlakatni egallashi iddao qilinganning aksi, nihoyatda tinch muhitda o'tganini aytdi Muttaki.

“Afg’oniston Islom Amirligi milliy birlik xabari bilan poytaxt Kobulga kirib, sobiq siyosiy va harbiy raqiblariga tinchlik va birodarlik quchog’ini ochdi. Bunday madaniyatli, insonparvar va islomiy harakat tarixda kamdan-kam uchragan”. dedi.

"Biz qoʻshnilarimiz, mintaqa va dunyo bilan ijobiy va konstruktiv munosabatlar oʻrnatishga intilamiz. Biz buyuk davlatlar yoki boshqa davlatlar oʻrtasidagi ziddiyatning asosiy manbai boʻlib qolmaslik uchun barcha davlatlar bilan oʻzaro hurmatga asoslangan ijobiy munosabatlar oʻrnatishni istaymiz.

Muttaki o'z mamlakatini Osiyoda hamkorlik ko'prigiga aylantirmoqchi ekanliklarini bildirdi.

“Biz boshqa hech kimning Afg‘oniston hududidan boshqalarga zarar yetkazish uchun foydalanishiga va boshqalarning ichki ishlarimizga aralashishiga yo‘l qo‘ymaymiz. Biz boshqa xalqlarning qonuniy manfaatlari va talablarini hurmat qilamiz va buning evaziga ham xuddi shunday narsani kutamiz”. o‘z bahosini berdi.

obiq hukumatdan 500 ming xodimning ishlashda davom etganini ta'kidlagan vazir o'rinbosari Muttaki, hech kimga noto'g'ri munosabatda bo'lmaganliklarini bildirdi.

Emirxon Muttaki barcha qo'shnilari va xalqaro hamjamiyat bilan o‘zaro munosabatlarni o‘rnatishni istaymiz dedi

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Emirxon Muttaki , #Tolibon , #Afg'oniston

Aloqador xabarlar