Myanmaning sobiq rahbariga berilgan 4 yillik qamoq jazosi 2 yilga kamaytirildi

Hozircha 76 yoshli siyosatchiga nisbatan umumiy hisobda 10 ta jinoiy ayblov, jumladan davlat sirlarini oshkor qilmaslik qonunini buzish ayblovi bildirilgan. Ayblovlarning aksariyati korrupsiya bilan bog‘liq.

1744341
Myanmaning sobiq rahbariga berilgan 4 yillik qamoq jazosi 2 yilga kamaytirildi

 

Myanma sobiq davlat maslahatchisi Aun San Su Chji armiya ichida qarama-qarshiliklar keltirib chiqargani va koronavirus bilan bog‘liq cheklov qoidalarini buzgani uchun to‘rt yilga ozodlikdan mahrum etildi. Keyinchalik bu jazo muddati 2 yilga tushirildi.

Myanma davlat televideniyesi tomonidan e'lon qilingan xabarda, Davlat boshqaruv kengashi raisi, yuqori darajali general Min Aung Xlaingning har biri 4 yilga hukm qilingan Suu Chi va Hukumat rahbari Vin Myintning jazo muddatini qisqartirishga qaror qilgani bildirildi.

Bayonotda shuningdek, ushbu ikki kishining jazoni qamoqxonada oʻtkazmasligi va hozirgidek uy qamogʻida qolishlari ham taʼkidlandi.

Hozircha 76 yoshli siyosatchiga nisbatan umumiy hisobda 10 ta jinoiy ayblov, jumladan davlat sirlarini oshkor qilmaslik qonunini buzish ayblovi bildirilgan. Ayblovlarning aksariyati korrupsiya bilan bog‘liq.

Aun San Su Chji davlat maslahatchisi sifatida mamlakatni boshqarib kelgan. U parlament saylovlari natijalarini soxtalashtirish ayblovi bilan 1 fevraldagi davlat to‘ntaruvi davomida harbiylar tomonidan hokimiyatdan chetlatilgandi. 

Litsenziyasiz radiolarga egalik qilish, mustamlakachilik davridagi davlat sirlari qonunini buzish, idorasidan foydalanib nohaq daromad olish, yer va binolarni ijaraga berish vakolatini suiisteʼmol qilish, davlat mablagʻlaridan foydalangan holda vertolyot ijarasi kabi turli ayblovlar bilan sudlanishi kutilayotgan Suu Chi, va bu kontekstda korruptsiyaga qarshi qonunni buzganlik uchun barcha ayblovlar bo'yicha aybdor deb topilsa, u 100 yildan ortiq qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkinligi aytiladi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Aun San Su Chji , #Myanma

Aloqador xabarlar