Germaniyaning Lyubek shahrida turk oilasiga irqchi hujum uyushtirildi

Bayonotga ko'ra, 3 iyul kuni shahar markazi yaqinidagi Muxlentor maydonida sodir bo'lgan voqeada to'rt kishilik turk oilasi va nemis juftligi o'rtasida nizo kelib chiqqan.

1670828
Germaniyaning Lyubek shahrida turk oilasiga irqchi hujum uyushtirildi

 

Germaniyaning Lyubek shahrida turk oilasiga irqchi hujum uyushtirildi.

Lyubek politsiya boshqarmasi tomonidan berilgan bayonotga ko'ra, 3 iyul kuni shahar markazi yaqinidagi Muxlentor maydonida sodir bo'lgan voqeada to'rt kishilik turk oilasi va nemis juftligi o'rtasida nizo kelib chiqqan.

45 yoshli turkiyalik ota va uning 4 va 8 yoshli bolalari  nizo  paytida 51 yoshli odam ishlatgan ko'z yosh oqizuvchi gazidan zarar ko’rgan.

Keyinchalik ota va uning farzandlari tez yordam mashinasi bilan kasalxonaga olib ketilgan.

Bundan tashqari, tajovuzkor va uning rafiqasi taqiqlangan paytda  qurollar hamda ko'zdan yosh oqizuvchi gaz olib yurgani aniqlandi.

Qurolni  qo’lidan olgan politsiya 51 yoshli tajovuzchiga jarohatlash  va qurol to'g'risida  qonunni buzgani uchun tergov boshlatgan.

Er-xotin politsiya bo'limiga olib ketilgan, ammo ularni hibsga olishga asos yo'qligi sababli qo'yib yuborilgan.

Politsiyaning ta'kidlashicha, voqeada   xoriji dushmanligi  bo'lganiga oid ko'rsatmalar mavjud deb izoh etgan.  


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Germaniya

Aloqador xabarlar