Nigeriyada “Boko Harom” guruhiga qarshi operatsiyada 73 jangari yo’q qilindi

Nigeriya qo’shini 18-30 iyun kunlari Borno viloyatining turli hududlarida “Boko Harom” terrorchilik guruhiga qarshi operatsiya o’tkazdi. Operatsiyada jangarilarga oid ko’plab qurol-aslahalar, o’q-dori omborlari musodara qilindi.

1668604
Nigeriyada “Boko Harom” guruhiga qarshi operatsiyada 73 jangari yo’q qilindi

 

Nigeriyada “Boko Harom” terrorchilik guruhiga qarshi operatsiyada 73 jangari yo’q qilindi.

Bu haqda Nigeriya qo’shini media operatsiyalari bo’yicha direktori general Benard Onyeuko ma’lum qildi.

Uning so’zlariga ko’ra, Nigeriya qo’shini 18-30 iyun kunlari Borno viloyatining turli hududlarida “Boko Harom” terrorchilik guruhiga qarshi operatsiya o’tkazdi. Operatsiyada 73 jangari yo’q qilindi. Shuningdek, jangarilarga oid ko’plab qurol-aslahalar, o’q-dori omborlari musodara qilindi.

Bundan tashqari, jangarilar tomonidan asirga olingan 55 kishi operatsiya jarayonida qutqarildi. Ular orasida 27 nafari yosh bolalar hisoblanadi.

Nigeriyada “Boko Harom” terrorchilik guruhi a'zolari harakat qiladi. Ular tinch aholi va huquq-tartibot idoralariga ko‘plab hujumlar sodir etmoqda. Shuningdek, ayollar va maktab yoshidagi bolalarni o’g’irlab, uning evaziga pul undirish kabi holatlardan javobgar hisoblanadi.


Tanlangan kalimalar: #Boko Harom , #Nigeriya

Aloqador xabarlar