PKK Iroqning Duhok shahrida peshmergalardan birini o‘ldirdi

PKK terror tashkiloti Duhokning Zaho tumaniga qarashli Derkar mintaqasida peshmerga kuchlariga hujum qildi.

1653847
PKK Iroqning Duhok shahrida peshmergalardan birini o‘ldirdi

PKK terror tashkiloti Iroqning Duhok shahrida peshmergalardan birini o‘ldirdi.

Mahalliy ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, PKK terror tashkiloti Duhokning Zaho tumaniga qarashli Derkar mintaqasida peshmerga kuchlariga hujum qildi.

Voqea haqida ma’lumot bergan Derkar mintaqa yetakchisi Edib Jafer, ertalabgi soatlarda PKK terror tashkiloti a’zolari tomonidan otilgan oqlar natijasida peshmergalardan birining halok bo‘lganini bildirdi.

PKK terror tashkiloti 5 - iyun haftaning shanba kuni ham Duhokning Amedi tumanida peshmerga kuchlariga qarshi hiyla uyushtirgandi.

Iroq Kurd Mintaqaviy Hukumati (KRG) Peshmerga vazirligi, hujum natijasida 5 nafar  peshmerga o‘ldirilgani va 7 kishining tan jarohati olganini ma’lum qilgandi.


Tanlangan kalimalar: #peshmerga , #Duhok , #PKK terror tashkiloti

Aloqador xabarlar