Qatar G‘azo sektorini qayta tiklashga 500 mln dollar ajratdi

G’azo sektorini qayta tiklashga 500 mln dollar ajratish to’g’risidagi qaror Qatar amiri, shayx Tamim bin Hamad Al-Sanining farmoniga muvofiq qabul qilingan.

1646629
Qatar G‘azo sektorini qayta tiklashga 500 mln dollar ajratdi

 

Qatar Isroil zarbalari oqibatida vayron bo’lgan G‘azo sektorini tiklashga 500 mln dollar ajratdi.

Bu haqda Qatar tashqi ishlar vaziri Muhammad bin Abdurrahmon Al Sani twitterda ma’lum qildi.

“Qatar Falastinni qo’llab-quvvatlashda davom etadi. Falastindagi qardoshlarimizga mustaqil davlat tuzishi, masalaga adolatli va doimiy yechim topishi uchun yordam beramiz”,-dedi Qatar tashqi ishlar vaziri.

Uning ta’kidlashicha, G’azo sektorini qayta tiklashga 500 mln dollar ajratish to’g’risidagi qaror Qatar amiri, shayx Tamim bin Hamad Al-Sanining farmoniga muvofiq qabul qilingan.

“Qatar amiri, shayx Tamim bin Hamad Al-Sanining farmoniga muvofiq, Qatar G‘azoni tiklashga 500 mln dollar miqdorida yordam berishini e'lon qiladi”,- dedi Qatar tashqi ishlar vaziri.

Ta’kidlanishicha, Qatardan tashqari Misr va AQSh ham G‘azo sektorini tiklashga yordam berishini ma’lum qilgan.  

Misr G‘azoga 500 mln dollar, AQSh esa tezkor ravishda 37,5 mln dollar va keyinchalik qo’shimcha mablag’ ajratishini ma'lum qilgan.


Tanlangan kalimalar: #G'azo , #Falastin , #Qatar

Aloqador xabarlar