BMT Isroilni chegara darvozalarini ochishga chaqirdi

BMT Isroilni, davolanishi kerak bo‘lgan falastinliklarning G‘azodan chiqa olishi uchun chegara darvozasini ochishga chaqirdi.

1645731
BMT Isroilni chegara darvozalarini ochishga chaqirdi

Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Isroilni, davolanishga muhtoj bo‘lgan falastinliklarning G‘azodan chiqa olishi uchun chegara darvozasini ochishga chaqirdi.

BMT Bosh kotibining matbuot xizmati vakili Stefan Dyu - jarrik kundalik matbuot brifingida,

“(Bayt Xonun) Erez chegara darvozasi, xalqaro gumanitar yordam ishchilari uchun ochiq lekin 11 - maydan beri falastinliklar uchun yopiq. Ular orasida falastinlik gumanitar yordam ishchilari va davolanish uchun G‘azodan chiqishi kerak bo‘lganlar bor”. - dedi.

G‘azoga ketgan barcha chegara darvozalarining ochilishini talab qilgan Dyujarrik, ham gumanitar yordamlarning kirishi ham da davolanishga muhtoj falastinliklarning G‘azodan chiqa olishi uchun chegara darvozalarining ochiq tutilishi kerakligini qayd etdi.

Isroil, Karm Abu Salim va Bayt Xonun (Erez) chegara darvozalarini faqatgina gumanitar yordamlarning olib o‘tilishi uchun ochgandi.


Tanlangan kalimalar: #G‘azo , #BMT , #chegara darvozasi , #Isroil

Aloqador xabarlar